1-mavsum · 10 qism

Mavsum rejasi

Har bir qism bitta savolga javob beradi va bitta keng tarqalgan mifni buzadi. Oxirgi qism mavsumning katta savoliga javob beradi: AI oʻylaydimi?

  1. 01Chiqdi11-oktabr, 2026Sunʼiy intellekt nima? ChatGPT qanday ishlaydi?Mif: ChatGPT javobni qayerdandir tayyor holda topib beradi.
  2. 02Chiqdi21-oktabr, 2026Mashhur AI modellar: qaysi biri eng zoʻr?Mif: Sunʼiy intellekt degani bu ChatGPT.
  3. 03Tez oradaAI modellari qanday yaratiladi?Mif: AIʼning javoblarini dasturchilar qatorma-qator kod yozib tayyorlab qoʻyadi.
  4. 04RejadaAI bilan toʻgʻri gaplashishMif: AIʼdan yaxshi javob olish uchun maxsus sehrli soʻzlar kerak. Yoki u faqat ingliz tilini yaxshi tushunadi.
  5. 05RejadaNega AI ishonch bilan xato gapiradi?Mif: Kompyuter xato qilmaydi. AI bilmasa, «bilmayman» deydi.
  6. 06RejadaAI sizni eslab qoladimi?Mif: AI har bir suhbatdan oʻrganadi va kundan kunga aqlli boʻlib boradi.
  7. 07RejadaKoʻzingizga ishonmang: deepfakeMif: Soxta video yoki ovozni men darhol bilib olaman.
  8. 08RejadaAI agentlarMif: AI oʻz xohishi bilan ish qiladi va uni hech kim boshqarmaydi.
  9. 09RejadaAI ishingizni oladimi?Mif: AI hammani ishsiz qoldiradi. Yoki aksincha: mening ishimga taʼsiri yoʻq.
  10. 10RejadaAI oʻylaydimi?Mif: AI shunchaki avtomatik toʻldirish. Yoki aksincha: u allaqachon xuddi odamdek oʻylaydi va his qiladi.

2-mavsum: «AIʼning ichida»

Birinchi mavsumda AI nima qila olishini koʻramiz. Ikkinchi mavsumda uning ichiga kiramiz: qanday qilib soʻzlar raqamga aylanadi, rasm shovqindan qanday chiziladi va nega AI shunchalik koʻp elektr sarflaydi.

  1. Embedding: soʻzlar raqamga qanday aylanadi
  2. GPTʼdagi «T»: Transformer va diqqat mexanizmi
  3. Diffuziya: AI rasmni shovqindan qanday chizadi
  4. Nega AI doim xushmuomala?
  5. Tokenlar: nega AI harflarni sanashda adashardi
  6. RAG: oʻz hujjatlaringiz bilan ishlaydigan AI
  7. Ochiq modelni oʻz kompyuteringizda ishga tushirish
  8. AI qancha elektr va suv sarflaydi
  9. Nega aynan GPU va Nvidia?
  10. Oʻzbek tili va AI: nega maʼlumot kam va qanday yordam berish mumkin

Reja oʻzgarishi mumkin. Qaysi mavzuni birinchi koʻrishni xohlaysiz? Videolar ostidagi izohlarda yozing.