6-qism · 1-mavsumRejada
AI sizni eslab qoladimi?
AIʼga ismingizni aytsangiz, u sizni eslab qoladimi?
Bu qism hozir tayyorlanmoqda. Chiqqanini birinchi boʻlib koʻrish uchun kuzatib boring:
MifAI har bir suhbatdan oʻrganadi va kundan kunga aqlli boʻlib boradi.
HaqiqatOʻqitish tugagach, model muzlatiladi va siz bilan gaplashganda oʻrganmaydi. Lekin aytganlaringiz saqlanishi mumkin.
Koʻpchilik AI har bir suhbatdan oʻrganib, kundan kunga aqlliroq boʻlib boradi deb oʻylaydi. Javob koʻpchilikni hayron qoldiradi.
Bu qismda modelning hayotini ikki bosqichga ajratamiz: oʻqitish va foydalanish. Keyin oddiy daftar misolida AI suhbat davomida aytganlaringizni qanday "eslashini" koʻramiz.
Qismda shu savollarga javob bor:
- Nega har bir modelning bilim chegarasi bor?
- Unda AI yangiliklarni qayerdan biladi?
- Uzun suhbatda eski gaplar qayerga ketadi?
- Ilovalardagi "xotira" funksiyasi aslida nima?
- Suhbatlaringiz qayerda saqlanadi va ular nimaga ishlatilishi mumkin?
- AIʼga qanday maʼlumotlarni hech qachon yozmaslik kerak?
Oxirida oʻzingizni himoya qilish uchun uchta oddiy qoida bor.