5-qism · 1-mavsumRejada
Nega AI ishonch bilan xato gapiradi?
AI mavjud boʻlmagan kitobning muallifini ham, mazmunini ham aytib berdi.
Bu qism hozir tayyorlanmoqda. Chiqqanini birinchi boʻlib koʻrish uchun kuzatib boring:
MifKompyuter xato qilmaydi. AI bilmasa, «bilmayman» deydi.
HaqiqatAI toʻgʻri gapirishga emas, ishonarli gapirishga oʻrgangan. Bilmasa ham, koʻpincha taxmin qiladi.
Abdurashid AIʼdan umuman mavjud boʻlmagan kitob haqida soʻradi. Javobda muallif ham, mazmun ham bor edi. Faqat kitobning oʻzi yoʻq.
Bunday javoblar chiroyli, silliq va ishonchli eshitiladi. "Balki" yoki "aniq bilmayman" degan soʻzlar har doim ham boʻlmaydi. Shuning uchun xatoni payqash qiyin. Bu hodisani gallyutsinatsiya deyishadi.
Qismda shu savollarga javob bor:
- AI javobni bilmasa, nega toʻxtamaydi?
- Imtihondagi talabaning bunga qanday aloqasi bor?
- AI qaysi mavzularda koʻproq adashadi?
- Internetdan qidirish muammoni butunlay hal qiladimi?
- Muhim javobni tekshirishning qaysi toʻrt oddiy usuli bor?
Bitta oddiy gap ham bor: uni soʻrovingizga qoʻshsangiz, koʻp hollarda yordam beradi.