8-qism · 1-mavsumRejada

AI agentlar

Bu seriyaning videolarini montaj qilishda AI agent qatnashgan.

Bu qism hozir tayyorlanmoqda. Chiqqanini birinchi boʻlib koʻrish uchun kuzatib boring:

MifAI oʻz xohishi bilan ish qiladi va uni hech kim boshqarmaydi.

HaqiqatAgentning oʻz irodasi yoʻq. U berilgan maqsad va ruxsatlar doirasida ishlaydi, boshqaruv esa doim sizda qolishi kerak.

Oddiy chatbot savolga javob yozadi, xolos. Agent esa maqsad oladi, reja tuzadi, brauzer, fayllar va dasturlardan foydalanadi, natijani tekshiradi va xato boʻlsa qayta urinadi.

Bu qismda bir sir ham ochiladi: shu seriyaning videolarini montaj qilishda AI agent qatnashgan. U nimalarni qildi, nimalarni qilmadi va qaysi xatoni AI emas, odam topdi?

Qismda shu savollarga javob bor:

  • Agent ichida yangi sehr bormi yoki bu oʻsha til modelimi?
  • Agentlar bugun qayerlarda ishlatilmoqda?
  • Agentning haqiqiy xavfi nimada?
  • Qaysi ishlarni agent sizdan soʻramay qilmasligi kerak?
  • Kelajakda bizning rolimiz qanday oʻzgaradi?