AI agent
AI agent
Maqsadni olib, reja tuzadigan, vositalarni oʻzi ishlatadigan va natijani tekshirib, ishni oxiriga yetkazadigan AI.
Oddiy chatbot savolga javob yozadi, xolos. Agent esa maqsad oladi, reja tuzadi, kerakli vositalarni ishlatadi (brauzer, fayllar, dasturlar), natijani tekshiradi va xato boʻlsa qayta urinadi.
Ichida yangi sehr yoʻq. Bu oʻsha keyingi soʻzni taxmin qiladigan til modeli. Faqat endi u "brauzerni och" yoki "faylni saqla" degan buyruqlarni ham yozadi, maxsus dastur esa ularni bajaradi. Til modeli miya boʻlsa, vositalar qoʻllar.
Oʻxshatish: chatbot sizga palov retseptini aytib beradigan qoʻshni. Agent esa bozorga borib, masalliq olib, palovni oʻzi damlab beradigan yordamchi. Lekin qancha pul sarflash va mehmonga nima tortishni siz hal qilasiz.
Misol: «Sunʼiy intellekt — oddiy tilda» seriyasining montajida AI agent qatnashgan. U videoni tinglab, soʻzma-soʻz yozib oldi, pauza va takrorlarni kesdi, animatsiyalar uchun kod yozdi, subtitr qoʻshdi. Gʻoya, ssenariy va yakuniy qaror esa Abdurashidda. Bir marta AI ovozi bitta gapni ikki marta takrorlab yuborgan, buni agent emas, odam topgan.
Oltin qoida: pul toʻlash, xabar yuborish, biror narsani oʻchirish kabi ishlarni agent sizdan soʻramay qilmasligi kerak.
Xato tushuncha: "agent oʻz xohishi bilan ish qiladi". Uning oʻz irodasi yoʻq, u berilgan maqsad va ruxsatlar doirasida ishlaydi. Xavf yomon niyatda emas, vazifani notoʻgʻri tushunishda va ortiqcha ruxsatda.